"Real" hujumchisi Garet Beyl yozda "Tottenxem"ga qaytishi mumkin, deb xabar tarqatdi "Mundo Deportivo". Xabaringiz bor, Beyl avval "shporlar" safida ham harakat qilgan.
Manbaga ko'ra, agar Xarri Keyn yozda boshqa jamoaga (unga "Real" va "MYu" qiziqyapti) o'tadigan bo'lsa, Beyl "Tottengem"ga qaytadi.
Xabarlarga qaraganda, "Real" Garetni tekinga qo'yib yuborishga tayyor.