“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino Alvaro Morataning transferi amalga oshmagani sabablarini oshkor etdi.
“Bizga tegishli bo'lmagan futbolchilar haqida fikr bildirishni yoqtirmayman. Men kim bo'libmanki “Real” futbolchisi haqida gapirsam. Ha, “MYu” Morataga qiziqish bildirgandi, bundan barchaning xabari bor. Ammo biz “Real” bilan moliyaviy masalalar bo'yicha kelisha olmadik.
“Real”ning futbolchilari uchun qancha istasa shuncha pul so'rashi haqiqat. Chunki bunga “Real” rahbariyatining huquqi bor. Shunchaki, “qirollik klubi” bilan til topisha olmadik”, – dedi Mourino Goal nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Morata “MYu”ga o'tishini shaxsan o'zi tasdiqlagandi, ammo transfer birdan amalga oshmaganidan so'ng “qizil iblislar” Romeru Lukaku bilan shartnoma imzolashdi.