La Liga rahbariyati va Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakat chempionati o'yinlarini yana noma'lum muddatga qoldirilishini ma'lum qildi.
Hukumat qaroriga ko'ra, Ispaniyadagi butun professional futbol mamlakatdagi koronavirus bo'yicha og'ir vaziyat bartaraf etilmagunicha to'xtatilgan.
Ma'lumot uchun, oldinroq La Liga va quyi divizion o'yinlarining navbatdagi ikki turi qoldirilgan edi.