"Real" klubi yuqori saviyali hujumchi qidirishda davom etmoqda. 2019 yilning yozida 60 million evroga "Ayntraxt"dan xarid qilingan Luka Yovich klub rahbariyatining xafsalasini pir qildi.
Britaniyaning "Sportsmole" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan "Vulverxempton" hujumchisi Raulb Ximenesni o'z jamoasida ko'rmoqchi. Mutaxassisning fikricha, aynan meksikalik futbolchi klubning asosiy forvardi Karim Benzema bilan munosib juftlik hosil qiladi.
Ma'lumot o'rnida. 28 yoshli Ximenesning "Vulverxempton" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt uni 50 mln evroga baholagan. Raul ushbu mavsumda "bo'rilar" safida barcha musobaqalar doirasida 44ta o'yingda maydonga tushib, 22ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi.