LaLiga rahbariyati turnir muxlislarini zeriktirmaslik uchun FIFA20 kompyuter o'yini bo'yicha turnir o'tkazdi va unda Ispaniyaning ko'plab jamoalari ishtirok etdi. Ushbu musobaqada klub sharafini kibersportchi emas, haqiqiy futbolchi himoya qilishi kerak edi. Turnirda klublar sharafini quyidagi futbolchilar himoya qildi:
"Barselona" - Serxi Roberto
"Real" - Marko Asensio
"Atletiko" - Markos Lorente
"Sevilya" - Serxio Regilon
"Real Sosedad" - Adnan Yanuzay
"Xetafe" - Jeyson Remeseyro
"Valensiya" - Karlos Soler
"Vilyarreal" - Manu Morlanes
"Granada" - Xose Antonio Martines
"Atletik" - Gorka Guruseta
"Osasuna" - Ruben Garsiya
"Betis" - Borxa Iglesias
"Levante" - Karlos Klerk
"Alaves" - Lukas Peres
"Valyadolid" - Pedro Porro
"Eybar" - Edu Ekspozito
"Selta" - Kevin Vaskes
"Malorka" - Aleks Pozo
"Leganes" - Aitor Ruibal
"Espanol" - Adrian Embarba
Olimpiya rejimida o'tgan musobaqa natijalarini etiboringizga havola qilamiz:
Nimchorak final
"Osasuna" - "Leganes" 0:2
"Sevilya" - "Atletik" 1:2
"Levante" - "Alaves" 2:3
"Real Sosedad" - "Atletiko" 3:5
"Xetafe" - "Betis" 1:7
"Vilyarreal" - "Valensiya" 4:2
"Granada" - "Real" 0:2
"Barselona" (texnik mag'lubiyat) - "Eybar". "Barselona" PES bilan hamkor ekanligi tufayli ushbu musobaqada qatnashmadi.
CHorak final
"Leganes" - "Atletik" 7:3
"Alaves" - "Atletiko" 2:1
"Eybar" - "Betis" 3:2
"Vilyarreal" - "Real" 1:5
Yarim final
"Leganes" - "Alaves" 3:2
"Eybar" - "Real" 0:7
Final
"Leganes" - "Real" 2:4
"Real" sharafini himoya qilgan Marko Asensio "Qirollik klubi"ni chempionga aylantirdi. SHu bilan birga xayriya musobaqasi davomida koronavirusga qarshi kurash uchun 140 ming evro to'plandi.