"Milan" bosh murabbiyi Vinchenso Montella "Yuventus"dan "Milan"ga kelib qo'shilgan Leonardo Bonuchchi haqida gapirib o'tdi.
"Klub transferlarda odatdagidek ishtirok etmayapdi, ham tajribali ham yosh futbolchilarni sotib olmoqda. Ko'pchiligi boshqa liga vakillari, men har bitta yangi kelgan futbolchilarga ishonaman. To'g'risini aytsam, men o'zimda bosim his etmayapman. Menga kuchli futbolchilar bilan mashg'ulot o'tash yengil.
Bonuchchi - dunyo klass darajasidagi futbolchi. O'ylashimcha, u va Serhio Ramos jahonning eng kuchli markaziy himoyachilari. Men o'z jamoamda Leonardo bo'lishini xohlagan edim." - deydi Montella Football Italia nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli himoyachi 45 mln yevro evaziga "Milan" futbolchisiga aylandi.