«Real» yarim himoyachisi Marko Asensio koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanaffus paytida o'tkazilgan "FIFA 20" turnirining "La Liga Santander Challenge" yo'nalishida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Ushbu futbol simulyatori musobaqasida La liganing 20ta klubidan bir nafardan o'yinchi ishtirok etdi. Faqat «Barselona» a'zosi Serxi Roberto so'nggi pallada turnirda ishtirok etmaslikka qaror qildi. Chunki "FIFA 20" o'yinining ishlab chiqaruvchisi bo'lgan "EA Esports" kampaniyasi bu sohada "ko'k-anorranglilar" homiysi — "Konami" firmasi raqobatchisi hisoblanadi.
Turnir 20-22 mart kunlari o'tkazildi. Yakshanba kuni esa hal qiluvchi pley-off bosqichi o'yinlari o'tkazildi. Marko Asensio boshqaruvidagi «Real» finalda «Leganes» sharafini himoya qilgan Aytor Ruibalni mag'lub etdi — 4:2.