Biografiya
Jahon futboli afsonasi – portugaliyalik Luish Figu – asrlar oralig'ida mashhurlikka erishib, qator sovrinlarga ega chiqqan. "Barselona" muxlislari futbolchini ashaddiy raqib – Madridning "Real" klubi safiga safiga o'tib ketishini kechira olishmadi. Lekin bir narsa aniq - deyarli o'n yil davomida Figu La Liganing bu ikki klubi muxlislarini xushnud etib keldi.
Uning hisobida – rekord darajadagi 106 golli pas bor. Bu rekordni yaqinda Leo Messi yangilashga muvaffaq bo'ldi. Boshqa bir natija – Portugaliya termasi safida 127 ta o'yinda maydonga tushish – uzoq vaqt tengsiz bo'lib keldi, keyinchalik uni Krishtianu Ronaldu yaxshilay oldi. Faoliyatidagi oxirgi o'yinni Luish 2009 yil may oyida o'tkazgandi.
Bolaligi va yoshligi
Lissabon porti ishchisi Antonio Figuning yolg'iz o'g'li 1972 yil 4 noyabr kuni dunyoga keldi. Bolakayga Luish deb ism qo'yishdi. Onasi Mariya Joana Madeyra Portugaliya poytaxtida istiqomat qiluvchi oila bekasi edi va uy ishlari bilan band edi. SHu sababli faqatgina oila boshlig'ining maoshini barchasiga etkazish zarur edi.
Luish uchun eng sevimli mashg'ulot futbol edi. O'qishdagi yomon baholariga qaramay, otasi Luishga kechgacha ko'cha changitib yurishiga qarshilik qilmagan va hatto, umridagi ilk jamoasini topishda yordam bergan. Tengdoshlari uni ko'cha jamoasi "Pashtilyash"ga olishadi.
O'yinlardan birida u "Sporting" skautlari etiboriga tushadi va 11 yoshli bolakay poytaxt jamoasi akademiyasiga qabul qilinadi. Jismoniy kamchiliklari o'rnini nafaqat muntazam mashg'ulotlar, balki iqtidor sohibi uchun maxsus dieta yordamida to'ldirishga harakat qilindi. 17 yoshgacha Figu "Sporting"ning yoshlar jamoasi tarkibida to'p tepdi, 1989 yildan boshlab esa sportchini asosiy jamoa tarkibiga jalb eta boshlashdi.
Futbol
Ammo futbolchi birinchi yutug'iga "Sporting"da erishmagan. Figuning xalqaro faoliyati klubdagi rasmiy debyutidan oldin bo'lgan: 1989 yil yozida U-16 Evropa CHempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etadi.
Portugaliya terma jamoasi musobaqada zafar quchadi, Luish Figu va jamoadoshlari haqida esa "Oltin avlod" deya gapira boshlashdi. Oradan ikki yil o'tib jamoa bildirilgan ishonchni oqlab, yoshlar o'rtasida ham zafar quchadi.
Xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlariga qaramay, futbolchi dastlabki ikki mavsumda bor yo'g'i 3tadan uchrashuvda maydonga tushadi. Debyut uchrashuvini Figu 1990 yil aprelida ichki chempionat doirasida "Maritimu"ga qarshi bellashuvda o'tkazadi. Xavbek braziliyalik legioner Marlon Brandanni almashtirdi.
Yoshlar o'rtasidagi mundialdagi ishtirokdan so'ng, Figu asosiy tarkibda tusha boshladi. "Sporting" safidagi uchinchi mavsumida u 43 o'yinda maydonga tushdi va birinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi. Bu 1991 yil dekabr oyida "Torrense"ga qarshi uchrashuvda amalga oshdi. Keyinchalik o'yinlari soni kamaymadi, samarali harakatlar soni esa oshaverdi.
Ham futbolchi, ham klub uchun 1995 yil o'ta omadli keldi. Figu 10ta gol urdi, qayta-qayta 3- va 4-o'rinlarni egallayotgan "Sporting" esa murosasiz kurashda "Portu"ga imkoniyatni boy beradi. Ammo "sherlar" Portugaliya Kubogini qo'lga kiritadi.
Figu ana shunday yuqori notada Italiyaga yo'l oladi, lekin janjal kelib chiqadi. Xavbek ham "Yuventus", ham "Parma" bilan shartnoma imzolaydi. Yakunda bu Italiya klublari ikki yil davomida yangi futbolchi imzolashiga taqiq bilan yakunlanadi va portugaliyalik "Barselona"ga yo'l oladi. Kataloniya klubida uning faoliyati o'ta omadli davom etadi.
Qanotlarda faol harakat qiluvchi Figu jamoadoshlari Rivaldo va Patrik Klyuyvert bilan birgalikda hujumdagi asosiy figuralardan edi. Sardorlik bog'ichiga loyiq ko'rilgan Luish kataloniyaliklarning birinchi legioner-sardoriga aylandi.
Figu sababli "ko'k-anorranglilar" klubning 100 yillik yubileyiga ikki bor La Ligada (1998 va 1999 yillarda) va Ispaniya Kubogida g'olib chiqdi. Ammo CHempionlar Ligasida jamoaning omadi chopmasdi. Omadsizliklardan qayg'urgan muxlislar "Madrid" g'alabalari tufayli ikki barobar ranjishardi.
Bular ham etmagandek, 2000 yil ularning sevimlisi Figu, endigina Portugaliya termasi bilan Evropa chempioni bo'lgan, Madridga ko'chib o'tayotganini elon qildi. Muxlislar o'zlarini qo'ygani joy topa olmayotgan bir pallada, "Real"da futbolchining maoshi ikki barobar oshib, yiliga 56 mln dollar bo'lishi "o'lganning ustiga tepgan" bo'ldi.
Yarim himoyachi kechagina o'zini olqishlagan muxlislar g'azabiga tez duch keldi. "Real" tarkibida "Kamp Nou"ga birinchi safaridayoq futbolchi tomon nafaqat norozi hushtaklar, balki jismlar ham yo'naltirildi. Jumladan, cho'chqaning kesilgan boshi ham. Bu kabi vaziyat yillar davomida o'zgarmadi.
Figu uchun "Real Madrid" nafaqat La Ligadagi ikki chempionlik, balki CHempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Qitalararo Kubok bosh sovriniga ega chiqishida yordam berdi. Ispaniyaning mashhur Marca nashri 2013 yil Figuni "Real"ning eng yaxshi 11 legioneri qatoriga qo'shdi.
2005 yil 32 yoshli yarim himoyachi orzusini amalga oshirdi. U "Internacionale" bilan shartnoma imzoladi va A Seriyada debyut qildi. "Inter" portugaliyalik bilan qatorasiga to'rt yil chempionlikni o'ziniki qildi.
Oxirgi mavsum so'ngida, yani 2009 yil 16 mayda Figu faoliyatini yakunlashini elon qildi. Yarim himoyachi so'nggi bor 31 may kuni maydonga tushdi. "Atlanta"ga qarshi o'yinning oxirida stadion suhandoni Figu almashtirilishini elon qilganida, butun jamoa maydon chetiga terilib, yo'lakcha hosil qildi va butun stadion afsonaviy futbolchini olqishlar bilan kuzatib qo'ydi.
Faoliyatini yakunlagach, u biroz vaqt "Inter"da ishladi. 2015 yil yanvar oyida FIFA prezidentligiga nomzodini qo'ydi, lekin shu yil may oyidayoq uni Joze Mourinyu va Devid Bekxem qo'llashiga qaramay, saylovda ishtirok etishdan bosh tortdi.
SHaxsiy hayoti
Futbolchi ayolining ismi Xelen Svedin – SHveciyaning sobiq taniqli modellaridan. Luish va Xelen 1996 yil tanishishgan, oradan uch yil o'tib, ularning qizi Daniela dunyoga kelgan. 2001 yil juftlik oila qurdi va bir yil o'tib, ularning ikkinchi qizi tavallud topdi. Unga Martina deb ism qo'yishdi. 2004 yil Stella dunyoga keladi. Figuning oilasi Milanda istiqomat qiladi, lekin SHveciyada dala hovlisi ham bor.
2017 yil intervyusida xavbek "El-Klassiko"da "Real"ga muxlislik qilishini aytib o'tgan. SHuningdek, sportchi sobiq jamoadoshi, bugungi kunda "Qirollik klubi" bosh murabbiyi bo'lgan Zinedin Zidan haqida iliq fikr bildirdi.
Portugaliyalik FIFAning hayriya akciyalarida faol ishtirok etib keladi.
Afsonaviy Figu Instagramda o'z sahifasiga ega. U erda sobiq futbolchi ham yangi suratlarni, ham retro, ispan klublari va "Inter"da o'ynagan vaqtlaridagi suratlarni chop etib boradi. SHuningdek uning sahifasida futbolchi sharafiga nomlangan qo'l soatlari va maishiy texnika reklamasini uchratishingiz mumkin.
Sovrinlari
1989 – O'smirlar o'rtasida Evropa chempioni (Portugaliya terma jamoasi)
1991 – Yoshlar o'rtasida Jahon chempioni (Portugaliya terma jamoasi)
1995 – Portugaliyada yil futbolchisi (keyingi besh yilda ushbu sovrin faqat Figuga nasib qilgan)
1997 – UEFA Kubok egalari kubogi sohibi ("Barselona" safida)
1997 – UEFA Superkubogi sohibi ("Barselona" safida)
1998 – Ispaniya chempioni ("Barselona" safida)
1999 – Ispaniya chempioni ("Barselona" safida)
2000 – Evropa chempionati bronza medali sohibi (Portugaliya terma jamoasi)
2000 – Evropaning eng yaxshi futbolchisi
2001 – Ispaniya chempioni ("Real Madrid" safida)
2001 – FIFA talqini bo'yicha dunyoning eng yaxshi futbolchtisi
2002 – UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi ("Real Madrid" safida)
2002 – UEFA Superkubogi sohibi ("Real Madrid" safida)
2003 – Ispaniya chempioni ("Real Madrid" safida)
2004 – Evropa vice-chempioni (Portugaliya terma jamoasi)
2006-2009 – Italiyaning to'rt karra chempioni ("Internacional" safida).
Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi