Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo faoliyatini Turinning “Yuventus” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “keksa sinoralar” yozda futbolchini xarid qilishga urinib ko'radi.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, “Real”ning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu Marseloni turinliklar safiga o'tishiga ko'ndiradi. Braziliyalik himoyachining “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.