Madridning «Real» klubi himoyachi Ashraf Hakimi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda ispan nashrlari xabar tarqatdi.
Ma'lumot uchun, Hakimi ayni damda Dortmundning "Borussiya"sida ijara asosida o'ynayapti. U nemis klubining ajralmas futbolchisiga aylanib ulgurdi.
Zinedin Zidan Hakimiga yuqori baho beryapti va uning Madridga qaytishiga qarshi emas.