"Real" himoyachisi Eder Militao yozgi transfer paytida jamoani tark etishi mumkin.
"Don Balon" tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar futbolchining ushbu mavsumdagi o'yinidan qoniqish hosil qilishmadi. Shuning uchun "Qirollik klubi" 22 yoshli braziliyalik futbolchini transferga qo'yishga qaror qildi. "Madrid" uni 2019 yilning yozida "Portu"dan 50 million evroga sotib olgandi.
Militao ushbu mavsumda La liga doirasida 13ta o'yinda maydonga tushdi. U klub bilan 2025 yilga qadar shartnoma tuzgan.
Avvalroq "Real" hujumchi Luka Yovichni yozda sotishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqatgan edi.