“Napoli” yarim himoyachisi Fabian Ruisning agenti Alvaro Torres mijozining kelajagi borasida fikr bildirdi.
“Joriy mavsum jamoada ko'p o'zgarishlar bo'ldi, bu yil “Napoli” uchun og'ir o'tyapti. Yangi shartnoma? Biz muzokaralarni mavsum so'nggiga qadar to'xtatib turibmiz. Bir nechta klublardan jiddiy takliflar bor, “Napoli”ni bundan xabardor qildik. Uning shartnomasida tovon puli belgilanmagan. To'g'risi, hozir Ruisning narxi qanchaligini bilmayman”, -deydi agent.
Eslatib o'tamiz, futbolchi xizmatiga “Real” va APLning bir nechta jamoalari qiziqish bildirmoqda.