«Real» himoyachisi Serxio Ramos klub bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, «Madrid»dagi qoida bo'yicha jamoa 32 yoshdan katta o'yinchiga faqat bir yilga mo'ljallangan shartnoma taklif qiladi. «Qirollik klubi» sardor uchun bu qoidadan chetga chiqmoqchi emas. Ramos esa 2 yillik shartnoma istamoqda. Serxioning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan bo'lib, futbolchi 2023 yilgacha "Santyago Bernabeu"da qolmoqchi.
Ramos 15 yildan «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. 33 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 25ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi.