“Barselona” “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya yozmoqda Sport.es.
Manbaning xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 17 yoshli futbolchi bilan yozda shartnoma imzolamoqchi. "Barsa" yosh iqtidorga 50 million evro to'lashga to'g'ri keladi.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga shuningdek, “Real”, “Liverpul” va “Tottenxem” klublari qiziqish bildirmoqda.