"Real Madrid" hujumchisi Lukas Vaskez Real Madrid TV xodimlariga intervyu berib o'tdi.
"Biz uzoq muddatli ta'tildan so'ng mashg'ulotlarga qaytdik va o'zimizni yaxshi xis etmoqdamiz. Jamoa jismoniy mashqlarga e'tiborni qaratgan. Tayyorgarlik avgust oyidagi ikkita superkubokga qaratilgan. Biz bu sovrinlarni yutishni xohlaymiz. Buning uchun har kuni mehnat qilmoqdamiz va bu yerda sharoit ham bunga mos. Los-Anjelosdagi muxlislarimizni barchasini xurmat qilamiz. Bu yerda mashg'ulot o'tayotganimizdan qoniqish xosil qilayapmiz." - deydi Lukas Vaskez.