Serbiya davlati prezidenti Aleksandr Vuchich karantin qoidalarini buzgan Madridning «Real» klubi hujumchisi Luka Yovich va Italiyaning «Askoli» klubi yarim himoyachisi Nikola Ninkovichlarni keskin tanqid ostiga oldi.
- Bular — yosh millionerlar, shuning uchun ular istagan narsalarimizni qila olamiz deb o'ylashmoqda. Biroq, siz xohlagan narsangizni qila olmaysiz. Kim qonunni buzsa keskin jaza oladi. Aminmanki, bu haqda bu bolakaylarga xabar berilgan va umid qilamanki, ular aqllarini yig'ib olishadi. Ularning ikkisi ham izolyatsiyada saqlanmoqda va agar ular u erdan qochishga harakat qilishsa - qamoqqa olinadi. Umuman olganda, bularning ikkisi aqqli bolalar va men ularni tushunaman. Bizda karantin qoidalarini buzmayotgan ma'suliyatli insonlar ko'p, — Vuchichni so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal portali.