“Latsio” rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Milenkovich-Savichga narx belgiladi. Bu haqda Italiya OAV xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, “burgutlar” serbiyalik futbolchisini 120 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, agar “MYu” Pol Pogbani sotib yuborsa, uning o'rniga Savichni olib kelishga harakat qiladi. Futbolchiga shuningdek, PSJ va “Real” klublari ham qiziqish bildirmoqda.