“Manchester Yunayted” sobi futbolchisi Dimitar Berbatov Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
“U doim nimadir o'rganishga harakat qilardi. Mashg'ulotlarga erta kelib, kech ketardi. Qolaversa, u futboldan tashqarida ham yaxshi yigit edi. U xazillashib, o'zini ustidan ham kulib qo'yardi.
U jamoaga yaxshi moslashib ketgandi. “Manchester Yunayted”da o'tagan maktab unga hozirga darajasiga chiqish uchun yordam berdi”, deydi Berbatov Okko Sportga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Berbatov 2008-2012 yillari “qizil iblislar” safida harakat qilgan. Futbolchi 108ta o'yinda maydonga tushib, 48ta gol urishga erishgan.