"Barselona" va "Real" "Manchester Siti" futbolchisi Leroy Sanega qiziqmoqda. Bu haqda "Bild" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, ispan klublari germaniyalik futbolchini yozda sotib olishga urinib ko'radi. Sane uchun "Barselona" asosiy da'vogar, ammo Kataloniya klubi futbolchi uchun katta pul to'lashga tayyor emas.
Hujumchi "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirmadi, uning shartnomasi 2021 yilda tugaydi. Demakki, "shaharliklar" shu yil yozida Saneni sotishga harakat qilishi tabiiy.