5 mart kuni operatsiya qilingan "Real" yarim himoyachisi Eden Azarning to'pig'idagi iplar olib tashlandi. Operatsiya qilingan joy normal holatda ekani ma'lum qilindi.
Azar "Madrid"ning boshqa a'zolari singari uy sharoitida tiklanish jarayonini o'taydi. Jamoa shifokorlari uning holatini diqqat bilan kuzatib borishdi.