"Real" hujumchisi Luka Yovich karantin qoidasini buzgani uchun jiddiy jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda Serbiya ichki ishlar vaziri Neboysha Stefanovich bayonot berdi.
"Taniqli sportchilar va boylar karantin qoidasini buzishsa, bu holat ularni jazodan ozod qilmaydi. Ular yo qonunga amal qilishadi, yoki panjara ortiga yuboriladi", – dedi Stefanovich.
Eslatib o'tamiz, Yovich qallig'ining tug'ilgan kunini nishonlash uchun Serbiyaga qaytib kelgan edi. Vaholanki, "Real" klubi a'zolari karantin muddatini o'tashayotgan edi.