«Real» hujumchisi Luka Yovich karintin rejimini buzib, Serbiyaga borgani uchun tanqidlar ostida qolib ketdi. Futbolchi bunday ayblovlarga javob qaytardi.
«So'nggi kunlardagi muhokamalarning bosh mavzusiga aylanganimdan xafaman. Men topshirgan tahlil salbiy natija berdi, shuning uchun "Real"ning ruxsati bilan oilamga yaqin bo'lish maqsadida Serbiyaga keldim.
Uyga kelganimdan keyin yana bir marta test topshirdim — yana salbiy. Men haqimda yolg'on ma'lumotlar tarqatib, o'z ishini munosib bajarmayotganlar uchun uzr so'rayman. Serbiya, keling, birgalikda vaziyatdan chiqib ketamiz», – deya yozdi Yovich o'zining instagramdagi sahifasi orqali.