«Real» hujumchisi Luka Yovich tanqid ostida qoldi. U Madridda koronavirus munosabati bilan e'lon qilingan karantinni bekor qilib, Serbiyaga qaytib borishga qaror qildi.
«Bizda shunday salbiy misollar borki, millionlab pul topadigan ba'zi yulduz futbolchilarimiz karantinda o'tirish o'rniga mamlakatni qaytishni afzal bilishmoqda», — dedi Serbiya premer-ministri Ana Brnabich.
Brnabich va boshqa etakchilar Serbiya fuqarolariga murojaat qilib, ehtiyoj bo'lmasa mamlakatga qaytmaslikni so'rashmoqda. Shunga qaramay, Serbiyaga 45 ming odam qaytib kelgan.
«Luka ahmoqlik qildi. U Madriddaga karantinni bekor qilib, shuncha ogohlantirishlarga qaramay, u Serbiyaga qaytdi», — deya yozdi "Informer" gazetasi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Yovich o'z qallig'ining tug'ilgan kunini nishonlash maqsadida Belgrad ko'chalari bo'ylab yurgan.
Ma'lumot o'rnida. Bir hafta oldin «Real» basketbol klubi a'zosi Trey Tompkins organizmida koronavirus chiqqanidan keyin "Qirollik klubi"da karantin e'lon qilingan edi.