Madridning “Real” klubi vinger Garet Beyldan qutilmoqchi. “Qaymoqrangliklar” uelslik futbolchi o'rniga “Manchester Siti” futbolchisi Riyad Mahrezni olib kelmoqchi. Bu haqda Don Balon nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “Siti” Mahrezning transferidan 80 million funt ishlab olmoqchi. Futbolchi xizmatiga shuningdek, PSJ klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Mahrez 23ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 10ta golga hammualliflik qildi.