Argentinalik superhujumchi Lionel Messi 24 iyun kuni 30 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan “Barselona” va Argentina termasi futbolchisiga tegishli iqtiboslardan eng yorqinlarini tanlab, e'tiboringizga havola etmoqdamiz.
Bolaligi haqida
– Kichkinaligimda do'stlarim doim meni sayr qilishga chaqirishar, ammo ertaga mashg'ulotlar kutib turganini bilganim uchun ko'pincha ularga rad javobini berardim. Hozirgacha ushbu holat saqlanib qolgan.
Vatani haqida
– 12 yildan buyon Barselonadaman, ammo hamon argentinalikman. Garchi ayrim hamyurtlarimning bu boradagi fikrlari boshqacha bo'lsa-da.
Futbolga muhabbati haqida
– Hozirgacha o'zimni hamon onamdan to'pni so'rab olib, ko'chaga oshiqadigan bolakaydek his qilaman. Qachonki, shu tuyg'u yo'qolsa, futboldan ketaman.
Kamgapligi haqida
– Mening o'rnimga oyoqlarim gapiradi.
Maqsadlari haqida
– Maqsadim – hozirgi jamoam bilan barcha sovrinlarni qo'lga kiritish.
Individual mukofotlari haqida
– Mukofotlar – bu yaxshi, ammo ular meni emas, jurnalistlarni o'ylantirishi kerak.
Hal qiluvchi bahslar haqida
– Har bir uchrashuvda bir xil o'ynayman – xuddi finalda to'p surayotgandek.
Maqtovlar haqida
– Bir safar o'yindan so'ng “Arsenal” futbolchisi yonimga kelib, men bilan maydonda to'p surganidan faxrlanishini aytdi. Bu gaplarni hozirgina yutqazgan jamoa vakili aytayotgani ajablanarli.
Pullar haqida
– Mabodo “Barselona” menga maosh berishni to'xtatsa, tekinga o'ynashga tayyorman. Albatta, moddiy rag'bat hayotni yanada qulay qiladi, ammo men bundan ilhomlanmayman.
Tashqi ko'rinishi haqida
– Jimjimador soch turmagi yoki o'zgacha ko'rinish shartmas. Shunchaki, to'pni bering va nimani eplashimni ko'rsataman.
“Barselona”ning maqsadi haqida
– Klubimizning maqsadi bitta – imkon qadar ko'proq turnirlarda zafar quchish.
“Barselona”dan ketishi haqida
– “Barsa”dan ketasanmi?”, deb so'ramang. Chunki menda boshqa jamoada o'ynash istagi umuman yo'q.
Birinchi farzandi haqida
– Tyago tug'ilgach, hayotim ancha o'zgardi. Hozir u men uchun eng muhim insondir. Fikru xayolim doim o'g'limda bo'ladi.
Haydovchilik haqida
– Mashg'ulotga ketayotganimda, avtomobil tezligini oshirmaslikka intilaman. Umuman olganda, mashina haydashdan rohatlanaman.
Kundalik hayoti haqida
– Xohlasam, ko'chada boshqalarga o'zimni sezdirmasligim mumkin. Sayrga kam chiqaman, ammo buni ko'proq oilam davrasida bo'lishni xohlaganim uchun qilaman.
Hayotdagi eng muhim narsa haqida
– Men uchun jahonning eng kuchli futbolchisiga aylanishdan ko'ra, yaxshi inson bo'lish muhimroq.
“Real” haqida
Davomi