Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoadoshlari haqida fikr bildirdi.
“Karim Benzema shubhasiz, soyasiz. U eng yaxshi qarorlarni qabul qilishni maslahat berib, birinchi kundan menga yordam berdi va biz birgalikda o'ynaganda, u menga xotirjam hamda diqqat markazida bo'lishni aytdi.
“Atletiko”ga qarshi o'yinda men to'pni yo'qotdim va gol o'tkazib yubordik. Bir necha daqiqadan so'ng u menga kamroq to'p bilan muomala qilish va o'zimga bo'lgan bo'lgan ishonchni qaytarish uchun joyimni o'zgartirishni aytdi. U “Real”da uzoq yillardan buyon o'ynayapti, shuning uchun undan nimadir o'rganish men uchun sharaf.
Marselo to'p bilan yaxshi muomala qiladi va ajoyib tarzda nazorat qiladi. Benzema esa qolganlardan 10 sekund tezroq o'ylaydi”,- deydi futbolchi.