"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichida "Real"ga qarshi bo'lib o'tishi kerak bo'lgan javob o'yini borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Koronavirus tufayli "Ettixad Stedium"dagi o'yin boshqa muddatga qoldirildi.
"Murakkab vaziyat, bizga mashg'ulot jarayoni va futbol etishmayapti. Ammo bu ikkinchi planga o'tadi. Muhimi — sog'liq. O'zingizni ehtiyot qiling.
Afsus, bugun "Real"ga qarshi maydonga tushishimiz kerak. Taqdirga tan berishdan boshqa ilojimiz yo'q. Menga futbol etishmayapti, lekin o'yinni o'tkazish mumkin bo'lmasa, demak mumkin emas. Umid qilaman, "Real"ga qarshi o'tkaziladi", — dedi Ilkay Gyundogan "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Madridda bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda "Manchester Siti" 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.