«Real» klubi rahbariyati yarim himoyachi Garet Beyldan butunlay qutulishga qaror qildi. Shu bois, jamoa uelslik futbolchini yozda bepul qo'yib yuborishga tayyor.
Madridliklar asosiy tarkibga juda kam joy olayotgan futbolchiga katta maosh to'lashda davom etishni istashmayapti. Beylning «Real» bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.