FIFA yozgi transfer oynasini kechroq ochilishini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, transfer oynasi kechroq ochilib, ertaroq yopilishi mumkin. Bunga sabab chempionatlarni vaqtincha to'xtatilgani.
Shuningdek, FIFA 30 iyunga qadar mo'ljallangan ijara shartnomalar mavsum tugamasdan yakuniga etishi borasida ham havotirda. Hozirda advokatlar bu muammoni hal qilish variantlarini izlashmoqda.