"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe o'zining kelajagi borasida fikr bildirdi.
"Men "Real"ga o'tamanmi? Barcha bu haqda gapiryapti — yoshlik paytimda men ham bu haqda gapirganman. Lekin futbolchi sifatida hozir bu haqda gapirishning mavridi emas. Men ushbu mavsumda o'z jamoamning ko'p sovrin yutishiga yordam bermoqchiman.
Shuning uchun kelajak haqida gapirishim noto'g'ri bo'ladi. Men xotirjamlikni saqlagan holda bor e'tiborimni "PSJ"ga qaratishim kerak. Mavsum yakunlanganidan keyin esa o'ylab ko'raman", – dedi Mbappe.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli frantsiyalik futbolchining "Pari Sen-Jermen" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan. Kilianga "Real" asosiy da'vogar sanalmoqda.