«Real» yozgi transfer paytida yarim himoyachi Garet Beylni sotib yuborishni ko'zlamoqda. Shuning uchun madridliklar 30 yoshli futbolchiga nisbatan tushadigan har qanday taklifni ko'rib chiqishga tayyor.
Beylning "Qirollik klubi" bilan tuzilgan shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi. Transfermarkt uning narxini 40 million evroga baholagan.
Uelslik ushbu mavsumda "Real" safida 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.