«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl so'nggi marta «Santyago Bernabeu»da gol urganiga bugun roppa-rosa bir yil to'ldi.
Uelslik futbolchi 2019 yilning 16 mart kuni bo'lib o'tgan «Selta»ga qarshi o'yinning 77-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qilgan edi. O'sha bahsda madridliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishgandi.
Beyl o'sha kundan boshlab «Bernabeu»dagi o'yinlar ko'p ishtirok etmadi. U so'nggi bir yil ichida Madriddagi bahslarda atigi 10 marta maydonga tushib, 531 daqiqa davomida maydonda harakat qilgan.
Koronavirus tufayli chempionat to'xtab qolganini va futbolchining Zidan bilan munosabati u qadar yaxshi emasligini inobatga olganda, bir yil urilgan gol Beyl uchun "Real" safida «Santyago Bernabeu»dagi eng so'nggi gol bo'lib qolar?