CIES Football Observatory ilmiy-tadqiqot markazi eng qimmat tarkibga ega bo'lgan klublar reytingini e'lon qildi.
Tadqiqotda Evropaning kuchli beshta chempionatlari — APL, La liga, Bundesliga, A seriya va Liga 1 chempionatlari klublari tahlil qilindi. Bunda har bir jamoaning transfer narxi eng qimmat 20 nafardan futbolchilari inobatga olindi.
Tadqiqotga ko'ra, «Liverpul» eng qimmat tarkibga ega ekani aniq bo'ldi. Mersisaydliklarning tarkibi 1,4 mlrd. evroga baholandi. Kuchli uchlikka esa «Manchester Siti» (1,3 mlrd evro) va «Barselona» (1,1 mlrd evro) kirdi.
«Real», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari tarkibi narxi 1 mlrd. evrodan ko'proqqa baholandi.
Eng qimmat tarkibga ega klublar (top-10):
1. «Liverpul» (Angliya) – € 1,405 mlrd
2. «Manchester Siti» (Angliya) – € 1,361 mlrd
3. «Barselona» (Ispaniya) – € 1,17 mlrd
4. «Real» (Ispaniya) – € 1,1 mlrd
5. «Chelsi» (Angliya) – € 1,008 mlrd
6. «Manchester Yunayted» (Angliya) – € 1,007 mlrd
7. «Pari Sen-Jermen» (Frantsiya) – € 979 mln
8. «Atletiko» (Ispaniya) – € 836 mln
9. «Tottenxem Xotspur» (Angliya) – € 787 mln
10. «Yuventus» (Italiya) – € 783 mln.