Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yuzaga kelgan tanaffus Zidan va "Madrid"ga foyda keltiradimi? Azar va Asensio qachon safga qaytadi?

Koronavirus tufayli "Real" o'ziga kelib oladimi?

.
- Yuklab olish

"Madrid" garchi La Ligadan ikkinchi o'rinda bo'lsada, oxirgi tahminan bir oy Zidan shogirdlari uchun omadli o'tdi deb bo'lmaydi. To'g'ri, ular "Barselona"ni mag'lub etishdi, lekin keyin ishlar chappasiga ketdi. 

"Betis" va "Siti"dan uchralgan mag'lubiyat, buning oqibatida La Liga va ECHLdagi vaziyatning klub uchun yomonlashganini inobatga olsak, bu tanaffus "Real"ning foydasiga ishlashi mumkin. 

Ispaniyaning AS nashri xabariga ko'ra, Asensio tiklanish jarayonining so'nggi bosqichini o'tamoqda. Eslatib o'tamiz, u tizzasida o'ta og'ir jarohat olib, bu mavsum biror marta maydonga tusha olmadi. 

Katta ehtimol bilan barchasiga joyiga tushib, chempionat qayta boshlanishiga Marselo va Kurtua ham o'z jarohatlaridan qutulib olishadi.

Bazi malumotlarga qaraganda, klublar o'rtasidagi musobaqalar yozda bo'lib o'tadi, Evro esa keyingi yilga qoldiriladi. Bu haqida aniq malumotni xudo xohlasa ertaga, seshanba kuni bilib olamiz. Bunday holatda Evropa CHempionlar Ligasi o'yinlari iyun oyidan boshlab davom ettiriladi. Agar barchasi chindan shunday bo'lsa, Zidan muhim pallada jamoaning ikki yulduzi Asensio va Azar xizmatidan to'liq foydalana oladi.

Ipsaniyalik futbolchi aytib o'tganimizdek, tiklanish jarayonining hal qiluvchi pallasida. U umumiy guruhga qo'shilganicha yo'q, lekin bu qisqa vaqtda hal bo'ladigan masala. Marko to'p bilan ishlay boshlagan va klub shifokorlarining aytishicha, may oyi o'rtalarida u optimal sport formasiga kirib ulguradi. 

Eden Azarga keladigan bo'lsak, u may oyi boshlaridan mashg'ulotlarda to'laqonli ravishda ishtirok eta oladi. Bundan kelib chiqadiki, mayning o'rtalariga kelib, belgiyalik vinger asosiy tarkibdagi joyi uchun jiddiy kurashga kirishadi.

Bu shuni bildiradiki, har ikki futbolchi asosiy tarkibda bo'lishni istaydi va uyog'iga barchasi futbolchilar, hamda Zinedin Zidanga bog'liq bo'ladi.

Futbolchilar tuzalib safga qaytishidan tashqari, Zidan va uning yordamchilari uchun statistik ko'rsatkichlar, barcha detallarni yanada sinchkovlik bilan o'rganib chiqib, jamoa ijobiy natijalarga erishishi uchun kerakli hulosalar qabul qilish imkoni paydo bo'lmoqda. 

Karantin yakunlangunga qadar jamoa kichik guruhlarda shug'ullanish varianti ham ko'rib chiqilmoqda. SHu yo'l bilan ham xavfsizlik taminlanadi, ham jamoaviy bog'liqlik yo'qotilmaydi. 

Rahbariyat esa mavsumning qolgan qismida klub kelajagi borasida qaror qabul qilishi mumkin bo'ladi. Futbolchilar o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsata olishi, jamoaning umumiy o'yini va natijalar keyingi mavsum "Madrid" qay yo'nalishda harakatlanishini belgilab beradi. SHubhasiz, hozircha Azar ham, Asensio ham jamoaning kelajakdagi rejalarida muhim o'ringa ega. 

Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

BestMaster
16 Mart 2020, 15:30
yuzaga, kelgan, tanaffus, zidan, madridga, foyda, keltiradimi?, azar, asensio, qachon, safga, qaytadi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Булиши мумкин
16 Mart 2020, 21:23
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads