27 yoshli futbolchining xizmatlariga "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. Madrid klubi rahbariyati Maneni yozdagi asosiy transfer maqsadi sifatida belgilab oldi.
Xabar qilinishicha, "Liverpul" joriy yilda Mane bilan xayrlashishga tayyor emas, faqatgina "Real"ning 140 million funt sterlinglik taklifi ingliz klubini aksincha ish tutishga majbur qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Mane "Liverpul"ga 2016 yilda "Sautgempton"dan o'tgan edi. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Qayd etish kerakki, Manega "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.
Senegallik futbolchi joriy mavsum APLda 26ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 9ta assist qayd etdi.