"Manchester Yunayted" "Ayaks" yarim himoyachisi Denni van de Bekka qiziqmoqda, deb xabar tarqatdi "Marca".
Nashrning xabar berishicha, ingliz klubi yozgi transfer vaqtida futbolchini xarid qilmoqchi. Ammo bu qiyin bo'ladi, chunki futbolchining u uchun 55 mln evro to'lashga tayyor bo'lgan "Real"ga o'tishi to'g'risida kelishuv bor. Shu bilan birga, "Ayaks" van de Bekni yana bir mavsum olib qolmoqchi.
Ushbu mavsumda 22 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 37 ta uchrashuv o'tkazib, 10 ta gol urdi va 11 ta assistni amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi.