Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoadan ketmoqchi. Bu haqda Defensa Central nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, “qaymoqranglilar” Xamesning transferidan 50 million evro ishlab olmoqchi.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchini “Everton”, “Yuventus” va “Vulverxempton” jamoalari o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Xames La Liga doirasida 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qilgan.