"Real" sardori Serxio Ramos jamoadoshlariga murojaat qilib, uyda shug'ullanayotganini ta'kidladi.
«Har kim uyida shug'ullansin. Futbolchi shunchaki to'xtab qolmasligi kerak, formani saqlash lozim. Har kim organizmini kuchli qilishi shart.
Chempionat qayta boshlanganida "Real" futbolchilari ideal formada bo'lishi lozim. Chunki biz sovrinlar uchun kurashishda davom etamiz. Biz La Ligani yutishga umid qilyapmiz", dedi Ramos.
Eslatib o'tamiz, koronavirus tufayli "Real" mashg'ulotlari bekor qilingan.