"Real" hujumchisi Vinisius Junior nima uchun "Qirollik klubi" safiga o'tganiga izoh berdi.
"O'smirlar (U17) o'rtasidagi Janubiy Amerika chempionatidan keyin muzokaralar boshlandi. Menga "Barselona" va "Real"dan taklif tushdi. Men esa "Madrid"ni tanladim. Chunki buyuk jamoa safida o'ynashni istadim", - dedi Vinisius "FourFourTwo" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi 2017 yilning yozida "Real"ga o'tgan edi. Ushbu mavsumda u 28ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.