"Flamengo" vitse-prezidenti Maurisio Gomes de Matosda koronavirus aniqlangan, deb xabar beradi Globe Esporte nashri.
Manbaga ko'ra, braziliyada koronavirus bilan kasallangan uchinchi bemor aniqlandi.
Tuman gubernatori Ibanis Rosha, aynan uchinchi bemor "Flamengo" vitse-prezidenti ekanligini ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, Gomes de Matos avvalroq klub prezidenti Rodolfo Landim bilan Madridda bo'lib, ular "Real"ning mashg'ulot bazasiga tashrif buyurishgan va xususan, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres bilan uchrashishgan.