Madridning "Real" klubi hujumchisi Luka Yovich faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
AS xabariga ko'ra, futbolchi xizmatiga "Napoli" qiziqib qolgan. O'z navbatida madridliklar yaxshi taklif tushsa, futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, "Real" Yovichni o'tgan yili 60 mln evroga xarid qilgan edi. Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi La Ligada 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.