«Real», katta ehtimol bilan, yozgi transfer paytida «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogbani xarid qilish g'oyasidan voz kechdi. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, yarim himoyachi Federiko Valverde va "Real Sosedad"ga ijaraga berilgan Martin Edegor ushbu mavsumda yaxshi o'ynayotgani uchun "Qirollik klubi" rahbariyati Pogbani sotib olishga ehtiyoj yo'q deb hisoblamoqda. Bu ikki futbolchi frantsiyalik o'yinchining funktsiyasini bemalol bajara olishiga madridliklar ishonishmoqda.
Shu bois, Florentino Peres transfer uchun ortiqcha pul sarflab o'tirmoqchi emas.