«Real Madrid» himoyachisi Eder Militao faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Desmarque nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchini «Tottenxem» o'z safiga qo'shib olmoqchi. «Shporlar» braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasida xarid qilishga urinib ko'radi.
Eslatib o'tamiz, Militao 2019 yil «Real» safiga kelib qo'shilgan. «Qirollik klubi» futbolchi uchun «Portu»ga 50 million evro to'lagan edi.