Manba xabariga ko'ra, klubning basketbol jamoasi a'zolaridan biri shifoxonaga topshirgan tahlillarida uning organizmidan koronavirus aniqlangan. Shu munosabat bilan "Real" maxsus choralar ko'rishga majbur bo'lgan. Ayni damda basketbolchining ismi-sharifi oshkor qilinmadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, karantin ham basketbol, ham futbol klubi uchun joriy qilingan. Futbolchilarning bugun ertalabga mo'ljallangan mashg'ulotlari bekor qilingan.
Ta'kidlab o'tish joizki, "Real"ning basketbol va futbol klublari an'anaviy ravishda Valdebebasdagi qarorgohda birgalikda mashg'ulotlar olib borishadi.
Eslatib o'tamiz, "Real" futbol klubi 13 mart kuni La-liga doirasida "Eybar"ga qarshi, 17 mart kuni EChL 1/8 finali javob uchrashuvi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushishi lozim edi. Shuningdek, La Liga o'yinlari ham ikk haftaga to'xtatildi.