Klubning basketbol jamoasi o'yinchilaridan biri test topshirdi va unda koronavirus aniqlandi.
Karantin nafaqat basketbol jamoasi, balki futbol jamoasiga ham tegishlidir. Jamoaning ertalabki mashg'ulotlari qoldirildi.
"Real"ning futbol va basketbol jamoalari ananaviy tarzda Valdebebaseda shug'ullanishadi. SHu sababdan cheklov choralari ikkala o'yin turidagi sportchilarga ham tegishlidir.