“Manchester Yunayted” klubi De Xeani “Real”ga qo'yib yuborishi mumkin. Sababi, Mourinyu klubning uchinchi darvozaboni Joel Pereyraga ishonch bildirmoqda.
Uning fikricha, Pereyra keyingi mavsumda raqobatda De Xeani ortda qoldirishi mumkin. Pereyra Shveytsariyaning “Ksamaks” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2012 yilda “Manchester Yunayted” akademiyasiga kelib qo'shilgan. O'tgan mavsumda esa Angliyada birinchi bor maydonga tushdi.