"Bavariya" "Real" yarimhimoyachisi Toni Kroosni ortga qaytarishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Goal.com nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, Myunxen jamoasi "Qirollik klubi"ga 30 yoshli futbolchi uchun yozgi transfer oynasida taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
Ma'lumot uchun, "Bavariya" Kroosni "Ganza" jamoasidan 2007 yil yozida 2,3 million evroga sotib olgan va 2014 yilning yozida esa "Real"ga 25 million evroga sotgan edi.
2019/20-yilgi mavsumda Kroos "qaymoqranglilar" safida 33 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.