Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Barchasi Zidanga qarshi, ammo "Siti" bilan o'yinda uning birgina ustun tomoni bor

Zinedin Zidan ECHL chorak finaliga chiqish uchun mo'jiza yaratishi kerak.

.
- Yuklab olish

Juda ko'p omillar unga qarshi va "Siti" keyingi bosqichga chiqishiga shama qilyapti, ammo uning bir ustun tomoni bor. "Madrid"ga jarohati bois asosiy posbon Tibo Kurtua yordam bera olmaydi. "Betis" bilan o'yinda jarohat olgan darvozabon kamida ikkita o'yinni o'tkazib yuboradi. Ayni damda yaxshi sport formasida bo'lgan kuchli kiperning yo'qotilishi etmagandek, jamoa sardori va etakchisi Serxio Ramos ham javob o'yinini o'tkazib yuboradi. U o'tgan yilning mart oyida qiyin vaziyatda qolgan "Madrid"ga yordamga keldi. O'shanda jamoa har uchala sovrin — La Liga, Ispaniya Kubogi va CHempionlar Ligasi uchun kurashdan chiqqandi.

Har holda shunday bo'lishi kerak va agar "Barselona" ketma-ket qovun tushirmaganda, oxirigacha chempionlik uchun kurasha olmasligi taxmin qilingandi. Kataloniyaliklar 27 o'yindan keyin 58 ochko bilan ham peshqadam edilar. Etakchining, chempionatning ushbu pallasida bu qadar kam ochkoga ega bo'lishi, 2006-07 yildan buyon kuzatilmagandi. Qayd etish lozim, o'shanda ham etakchi "Barselona" bo'lgan (53 ochko bilan), ammo yakunda sovrin "Madrid"ga nasib etgandi. 

Biroq klub muxlislarini o'ylantirib qo'yayotgan bir fakt bor. Solari jamoa Ispaniya Kubogidan chiqib ketgach ("Barselona"dan mag'lub bo'lgan), ishidan ayrilgandi va CHempionlar Ligasida "Ayaks"ga engilgan, La Liga doirasida esa 73% ochko qo'lga kiritgan (12 g'alaba, 1 durang va 4 mag'lubiyat). Zidan-chi? U ham Kubokdan chiqib ketdi (raqib "Real Sosedad"), bir oyog'i bilan CHempionlar Ligasidan ham chiqib ketay deb turibdi va etibor bering, ichki chempionat bahslarida bor yo'g'i 69% ochko jamg'arilgan.   

Zidanning "Real"ga ikkinchi kelishi

Omad Zidandan yuz o'gira boshlagandek... O'sha mashhur rotaciya ishlari va La Liga hamda ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritishda juda muhim rol o'ynagan "V" jamoasi bu mavsum ishlamayapti.

Zidanning ikkinchi kelishida madridliklar hozirgacha 50 o'yin o'tkazishdi va ularning 10 tasida mag'lub bo'lishdi. Francuzning "qaymoqranglilar" bilan o'tkazgan birinchi davrida bu natijaga etish uchun 105 uchrashuv kerak bo'lgandi. "Madrid" oxirgi etti o'yinning to'rttasida mag'lub bo'ldi. Vaholanki, bungacha o'tgan 32 uchrashuvda bor yo'g'i ikki bor taslim bo'lgandi (20 g'alaba va 10 durang).

"Betis"dan "Vilyamarin" stadionida uchralgan mag'lubiyat "Madrid"ning "Klasiko"dagi og'ir mehnati va muhim g'alabasi ahamiyatini amalda yo'qqa chiqardi. Endi vaziyat yana "Barsa" bilan o'zaro o'yingacha bo'lganidek, lekin bu safar chempionat yakunlanishiga ikki tur kamroq vaqt qolmoqda, "Real" esa ikki ochkoga ortda. Ochkolar teng bo'lmasa, "Madrid"ning to'plar nisbati bo'yicha yaxshiroq ko'rsatkichga egaligi foydasiz.

Zidanning bu mavsumdagi ishiga baho berar ekansiz, qator ijobiy va salbiy vaziyatlarga etibor berish lozim. 

Taktik sxema

Muntazam o'zgaraveradigan o'yin modeli buqalamunni yodga solardi. Bu malum vaqtgacha jamoaning ijobiy hislati deb atalishi ham mumkin. Yaqin yaqingacha shunday ham edi. Hattoki "Qirollik klubi" muxlislari ham Zidan "Real"ining taktik ustun tomoni, hech qanday taktika yo'qligida deb kulib qo'yishardi. Jamoa vaziyat va raqibga qarab kerakli yo'sinda o'ynab keta olardi. Raqiblar esa o'z navbatida "Real" o'yiniga avvaldan tayyorlanishi deyarli ilojsiz edi. Lekin bunday beqarorlik futbolchilarni charchatishi ham mumkinligini unutmaslik lozim. Zidan mavsumning ortga qolgan qismida 4-3-3, 4-4-2 va 4-1-4-1 taktik sxemalaridan foydalanib keldi. Ayniqsa, besh markaziy yarim himoyachi bilan harakat qilib, "Madrid" mavsumdagi eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazganda, Zidan keng jamoatchilikning olqishlariga sazovor bo'ldi.

Boshqa tomondan professional jamoa bu hafta bitta taktika, keyingisida umuman boshqa usulda birdek samarali o'ynab ketishi mushkul vazifa. Yakshanba kuni misol uchun Zidan negadir mavsumoldi o'yinlarida "Roma" va "Zalcburg"ga qarshi qo'llangan sxemani yodidan ko'tardi. O'sha o'yinlarda ko'pchilik uchun kutilmagan yangilik "Real" uch markaziy himoyachi bilan harakat qilgandi. "Betis"ga qarshi o'yinda uch markaziy himoyachi maydonga tushishi o'ziga ishonmay o'ynagan Militaoning xatolarini oldini olishga yordam berarmidi. 

Garet Beyl

Zidan va Garet o'rtasidagi munosabat g'alati. Yozda murabbiy Beylni sal kam jamoadan haydayotgandi. Murabbiyning: "U ertaga jamoani tark etsa ham hech nima bo'lmaydi. Hamma uchun yaxshi bo'ladi" degani yodingizdan chiqmagan bo'lsa kerak.

Keyinroq Beylning Xitoyga transferi amalga oshmay qoldi va Zidan Garetni bazi muhim o'yinlarda maydonga tushirdi (PSJ, "Atletiko", "Sevilya" va birinchi davradagi "Klasiko") va boshqa muhim o'yinlarda zaxirada qoldirdi (oxirgi "Klasiko") va "Manchester Siti"ga qarshi o'yin).

Mariano va Yovich

Jamoaning "9" borasida Zidanning tanlovini klubga muxlis bo'lmagan ishqibozlar ham aytib bera olishadi. Qolganlar keladi-ketadi, Benzema esa Madridda o'ynashda davom etadi. Avvaliga murabbiy Luka Yovichni xuddiki sezmayotgandi (faqatgina o'rtoqlik musobaqasiga o'xshab o'tgan Ispaniya Superkubogida unga imkon berdi). Serbiyalik futbolchi bor yo'g'i 8 o'yinni asosiy tarkibda boshladi, ikkita gol urdi (har ikkisi qo'shib berilgan daqiqalarda).

Mariano degan hujumchi borligini esa muxlislar ham yoddan chiqarishgandi. Asli kelib chiqishi dominikanlik ispan yigiti butun mavsum qaydnomaga ham kiritilmadi. Zidan uni gollar etishmovchiligi pand bera boshlaganda  eslab qoldi. Yana bir tushunarsiz qaror.

Rodrigo

Boshqa jamoada muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi ehtimoli yuqori bo'lgan yana bir yosh iqtidor. U ECHL guruh bosqichida Istanbulda "Galatasaray"ga qarshi eng muhim uchrashuvdan boshladi ("Siti" bilan to'qnashuvgacha eng muhimi). Guruh bosqiqida 4ta gol urdi, chempionat bahslarida ham yomon ko'rinmayotgandi. Keyin birdaniga yo'q bo'lib qoldi. Yangi yilda u besh o'yinda ("Siti" bilan birinchi uchrashuvda ham) qaydnomaga ham kiritilmadi. Bu yosh futbolchiga ruhan qanday tasir qilganini aniq bilmaymiz-ku, lekin o'tgan hafta braziliyalik "Kastilya" safidagi o'yinda gol urganidan keyin, raqib darvozaboni Xavi Irureta oldida qandaydir tushunarsiz qiliqlar qildi va qizil kartochkaga "loyiq ko'rildi". Sevilyada Zidan uni zaxiraga kiritdi, lekin undan ortig'i emas.

Nima bo'lganda ham bir narsa aniq. Zinedin oxirgacha La Liga chempionligi uchun kurashadi. Ha, aynan oxirigacha kurashadi. Unga o'tgan yil Solari bilan bo'lgani kabi, mavsum o'rtasida chiqish eshiklarini ko'rsatishmaydi.

Klubga befarq bo'lmaganlarga umid bag'ishlaydigan yana bir jihat: franciyalik murabbiy "Real" bilan ECHL pley-offida ikki bahs yakuniga ko'ra, biror marta ham mag'lub bo'lmagan. "Siti" ustozi Pep Gvardiola ham bunday natija bilan maqtana olmaydi. U "Barselona"dan ketgach, omad qushi uni tark etgandek go'yo. Na "Bavariya" bilan, na "Manchester Siti" bilan mutaxassis yarim finaldan uyog'iga o'ta olmayapti. Misol uchun, o'tgan mavsum chorak finalda "Tottenxem"ga imkoniyat boy berilgandi. 

Psixologiya katta kuchga ega va "titanlar jangi"da xarakter ko'p narsani hal qiladi. Bu boradagi ustunlikni Zidan ham, "Real" ham yaxshi biladi va foydalanishga urinib ko'radi.

Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

BestMaster
11 Mart 2020, 13:00
barchasi, zidanga, qarshi, ammo, siti, bilan, oyinda, uning, birgina, ustun, tomoni,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Зеданга ишонамиз Худо хохласа реал ғалаба қозонади олға
11 Mart 2020, 18:33
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads