Dortmundning "Borussiya" klubida ijara asosida o'ynayotgan himoyachi Ashraf Hakimi "Real"ga qaytishga tayyor ekanligini bildirdi.
"Real" mening uyim. Bu jamoa uchun o'ynash menga yoqadi. Agar klub qaytishimni istasa, ikkilanmay qaytaman. Agar bunday bo'lmasa, kareramni boshqa jamoada davom ettiraman. Zidan menga imkon bersa, ishonchini oqlayman", — dedi Hakimi.