«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o'zining kelajagi borasida fikr bildirdi. Avvalroq "Yuventus" frantsiyalik mutaxassisga taklif bilan chiqqani haqida xabar berib o'tilgan edi.
«Bu jamoani boshqarayotganimdan xursand ekanimni avval ham aytib o'tganman. Hech kim menga aloqaga chiqmadi, bu haqda hech narsa bilmayman. Klub tashqarisida ko'p narsalarni gapirishadi.
Murabbiylarda hech qanday kafolat bo'lmaydi. E'tiborni har kunlik ishga qaratishimiz kerak. Klubning qo'llab-quvvatlashini his qilyapman. Bu ko'rinib turibdi. Hozirda men «Real» murabbiyiman, lekin ertaga barchasi o'zgarib ketishi mumkin», – dedi Zidan.